Jamoangiz va mijozlaringiz uchun ish chati
jild — kichik va oʻrta biznes uchun messenjer. Xodimlar guruhlarda va yakkama-yakka yozishadi, fayl va ovozli xabar yuborishadi. Mijozni esa chatga havola bilan taklif qilasiz: u havolani brauzerda ochadi, hech narsa oʻrnatmaydi va faqat shu chatni koʻradi.
iPhone va Mac ilovalari yaqin orada App Store’da chiqadi.
Taklif havolasi bormi? Kompaniya yuborgan havolani oching. Mijozlar uchun havola istalgan brauzerda ochiladi.
iPhoneMacmijozlar uchun brauzer

Ish yozishmalari uchun alohida joy
Koʻp jamoalar ishni shaxsiy messenjerdagi guruhlarda yuritadi. Natijada ish va shaxsiy chatlar aralashib ketadi, ishdan ketgan xodimda butun yozishma qoladi, mijozlar esa xodimlarning shaxsiy raqamini koʻradi. jild aynan shu muammolar uchun qilingan.
- Kompaniya uchun alohida makon. Chatlar roʻyxati, guruhlar va xodimlar roʻyxati kompaniyaga tegishli va shaxsiy chatlaringiz bilan aralashmaydi.
- Ketgan xodim yozishmalarni olib ketmaydi. Admin uni kompaniyadan chiqarishi bilan barcha qurilmalardagi seanslari tugaydi va u barcha chatlardan chiqadi. Yozgan xabarlari jamoada qoladi.
- Mijozlar raqamingizni koʻrmaydi. Mijoz chatdagi odamlarning faqat ismi va rasmini koʻradi. Telefon raqamlari, email manzillar va xodimlar roʻyxati unga koʻrinmaydi.
Mijozlar bilan chat
Istalgan guruhda chat nomini bosing va «Mijozni taklif qilish»ni tanlang. Havola tayyor — uni mijozga messenjer, SMS yoki email orqali yuboring.
Mijoz havolani telefon yoki kompyuterdagi istalgan brauzerda ochadi, ismi, telefon raqami va SMS’dagi kodni kiritadi — va u chatda. Na ilova, na parol kerak.
- Mijoz faqat oʻzi taklif qilingan chatni koʻradi: kompaniyaning boshqa chatlari, xodimlar roʻyxati va boshqa mijozlar unga koʻrinmaydi.
- Mijoz qoʻshilgan paytidan keyingi xabarlarnigina koʻradi. Undan oldingi yozishma yopiqligicha qoladi.
- Sizda esa bu chat hamma joyda sariq rang bilan ajralib turadi: roʻyxatda «Mijoz» belgisi, sarlavha ostida kimlar oʻqiy olishi yozilgan «Kompaniyangizdan tashqarida» qatori, xabar maydonida esa «Xabar, mijozlarga koʻrinadi» degan yozuv. Ichki gapni adashib mijozga yozib yuborish qiyin.


Jamoani bitta havola bilan qoʻshing
Ega yoki admin «Odam qoʻshish»ni bosadi — havola va QR kod tayyor. Havolani istalgan messenjerda ulashing, QR kodni koʻrsating yoki kontaktlardan raqam tanlab, SMS bilan yuboring. Yangi xodim telefon raqami, kod va ismini kiritadi — tamom.
Parol yoʻq. SMS kelmasa, kodni email orqali olsa boʻladi. Xodimlar havolasi odatda 7 kun amal qiladi; xohlasangiz, muddatini 1 yoki 30 kun qilasiz yoki muddatsiz qoldirasiz. Necha kishi kira olishini cheklash va havolani istalgan payt oʻchirish ham mumkin.
Toʻrtta tayyor rol, hech narsani sozlash shart emas:
- Egasikompaniyani ochgan, uning nomini oʻzgartira oladi
- Adminodam qoʻshadi va chiqaradi, rollarni oʻzgartiradi, havolalarni boshqaradi
- Xodimkompaniya chatlarida yozishadi va oʻz chatlariga mijoz taklif qiladi
- Mijozfaqat oʻzi qoʻshilgan chatlarni koʻradi

Odatdagi messenjerdek oddiy
Oʻrganish shart emas: xabar, javob va fayllar siz koʻnikkandek ishlaydi.
Javob, reaksiya, tahrir
Iqtibos bilan javob bering, reaksiya qoldiring. Oʻz xabaringizni 48 soat ichida tahrirlash yoki hamma uchun oʻchirish mumkin. Bir vaqtda 10 tagacha chatga uzatasiz.
Ovozli xabarlar
Yozish uchun mikrofonni bosib turing, bekor qilish uchun chapga, qoʻlsiz yozish uchun yuqoriga suring. 1x, 1,5x yoki 2x tezlikda tinglang.
Rasm, video va fayllar
Smeta, chizma yoki xonaning surati — hammasi chatda qoladi. Internet uzilib qolsa, yuklash toʻxtagan joyidan davom etadi.
Qidiruv
Barcha chatlar, odamlar va fayllar boʻyicha. Qidiruv qurilmaning oʻzida ishlaydi, shuning uchun internetsiz ham topadi.
Qadash va eslatish
Muhim xabarni chat tepasiga qadab qoʻying. @ bilan eslatishsa, roʻyxatda alohida belgi chiqadi. Guruhda xabarni kim oʻqiganini koʻrasiz.
Saqlangan xabarlar
Eslatma va fayllar uchun oʻzingiz bilan shaxsiy chat.
Internet boʻlmasa ham
Internetsiz yozgan xabaringiz navbatda turadi va aloqa tiklanishi bilan yuboriladi. Chatlar qurilmada saqlanadi, shuning uchun darhol ochiladi.
Bildirishnomalar
Chatni 1 soat, 8 soat, ertagacha yoki oʻzingiz yoqmaguningizcha ovozsiz qiling. Xohlasangiz, bildirishnomada xabar matni koʻrinmaydi.
Mac’da klaviatura bilan
⌘K bilan istalgan chatga tez oʻtasiz, ↑ bilan oxirgi xabaringizni tahrirlaysiz. Fayllarni toʻgʻridan-toʻgʻri chatga sudrab tashlang.
Uch til, ikki mavzu
Oʻzbekcha (lotin), ruscha va inglizcha. Yorugʻ va qorongʻi mavzu.
Maʼlumotlaringiz haqida ochiq gapiramiz
- Chatni faqat uning aʼzolari koʻradi. Buni maʼlumotlar bazasining oʻzi tekshiradi: hatto xodim ham oʻzi qoʻshilmagan chatni ocha olmaydi.
- Server bilan aloqa shifrlangan (TLS). iPhone va Mac’da chatlar qurilmada shifrlangan holda saqlanadi.
- Reklama, kuzatuv va begona analitika yoʻq. Kontaktlaringiz yuklanmaydi.
Uchidan-uchiga shifrlash yoʻq. Xabarlar serverimizda saqlanadi va server ularni oʻqiy oladi. Qidiruv, bir nechta qurilma va mijozlar uchun brauzer versiyasi shu tufayli ishlaydi.
Qanday boshlash kerak
- jild’ni iPhone yoki Mac’ga oʻrnating.
- Telefon raqamingizni kiriting va SMS’dagi 6 xonali kodni yozing.
- Ismingiz va kompaniya nomini kiriting. Siz kompaniya egasi boʻlasiz.
- Jamoani «Odam qoʻshish» orqali qoʻshing, mijozlarni esa chat ichidan «Mijozni taklif qilish» bilan taklif qiling.
Ilovani yuklab olish
iPhone va Mac ilovalari yaqin orada App Store’da chiqadi.
Sizga taklif havolasi yuborishdimi?
Mijozlar uchun havola istalgan brauzerda ochiladi, hech narsa oʻrnatish shart emas. Xodimlar uchun havola jild ilovasida ochiladi.